25 jan 16:24
Yangiliklar

Fayziev Qozon turnirining yarim finaliga yo'l oldi
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch nafar tennischimiz - Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov hamda Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Ulardan yakkalik turnirida birgina Sanjar Fayziev g'olibona yurishini davom ettiryapti.
Fayziev hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida rossiyalik Aleksandr Vasilenkoni uch set natijasiga ko'ra taslim etdi. Ikki soatu 34 daqiqa davom etgan bahs yakunida tennischimiz raqibidan 3:6, 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi.
Sanjarning yarim finaldagi raqibi yana bir rus tennischisi Evgeniy Tyurnev bo'ladi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Tyurnev bugun chorak finalda musobaqaning birinchi raketkasi belaruslik Sergey Betovni 6:3, 6:1 hisobida engdi.
Fikrlar