23 mar 11:35
Yangiliklar
Tennis

Fayziev - SHofayziev juftligi Bahrayn turnirining yarim finalida
Bahraynda tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etyapti.
Ushbu musobaqada Sanjar Fayziev va SHonig'mat SHofayzievdan iborat o'zbekistonlik tennischilar juftligi muvaffaqiyatli odimlayapti. Ular turnirning juftliklar bahsida yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan hamyurtlarimiz chorak final uchrashuvida qatarlik Jabbor Muhammad Al Mutava hamda amerikalik Kameron Silverman tandemini 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etishdi.
Bugun Fayziev va SHofayziev final yo'llanmasi uchun kortga chiqishadi. Ularning yarim finaldagi raqiblari filippinlik Fransis Alkantara va zimbabvelik Benjamin Lok juftligi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar