22 avg 09:30
Yangiliklar
Tennis

Fayziev va Ismoilov yana Minskdagi turnirda
Bugun Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada ikki hamyutimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Ulardan Temur Ismoilov turnirning to'rtinchi raqamli ishtirokchisi sifatida qayd etilgan. Sanjar Fayziev esa sakkizinchi raqam ostida harakat qiladi.
Bu ikki tennischimiz o'tgan hafta aynan Minsk shahrida tashkil etilgan xuddi shunday nufuzdagi turnirda ham ishtirok etishgan edi. Bugundan boshlangan asosiy to'r bahslari Olimpiya tennis markazida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar