01 iyu 11:17
Yangiliklar

Fayziev yarim finalga chiqdi, endi navbat Ismoilovga
Hamyurtimiz Sanjar Fayziev dunyoning o'ndan ortiq davlati tennischilari ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning birinchi raketkasi sifatida g'oliblik uchun kurashni davom ettiryapti.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida g'alabaga erishdi. Fayziev yana bir hamyurtimiz Pavel Coyni 57 daqiqa davom etgan bahsda 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Birozdan so'ng chorak finalga etib kelgan yana bir vakilimiz Temur Ismoilov kortga chiqadi. Uning raqibi belaruslik Dmitriy Jirmont bo'ladi. Ismoilov turnirning beshinchi, Jirmont esa to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Malumot uchun,
Sanjar ilk davrada belaruslik Mikalay Xalyakni 6:3, 6:2, ikkinchi bosqichda yana
bir hamyurtimiz Botir Sapaevni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida taslim etgan
edi.
Fikrlar