11 fev 08:22
Yangiliklar
Tennis

Fed Cup. Jahon guruhida barcha pley-offchilar malum
Tennis bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Federaciya Kubogining II Jahon guruhida pley-off ishtirokchilari aniqlandi.
Unga ko'ra, raqibalaridan ustun kelgan SHveycariya, Latviya, Ispaniya va Kanada terma jamoalari endi pley-off bosqichida kortga chiqishadi.
SHveycariya - Italiya - 3:1
Latviya - Slovakiya - 4:0
Yaponiya - Ispaniya - 2:3
Gollandiya - Kanada - 0:4
Bu juftliklarda g'olib bo'lgan terma jamoalar endi Birinchi Jahon guruhiga chiqish uchun bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar