06 apr 14:01
Yangiliklar
Tennis
Federer 2000 yildan beri ilk bor ATR reytingida eng past ko'rsatkichni qayd etdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer 2000 yildan beri ilk bor ATR reytingida eng past pog'onaga tushib ketdi.
Bu haftada u birdaniga 18 o'rin yo'qotdi va jahon reytingida 44-o'ringa joylashdi. Bu tennischining jahonning 54-raketkasi bo'lgan 2000 yil 5 iyunidan beri eng yomon ko'rsatkichidir.
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli tennischi ayni vaqtda operaciyadan keyingi tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, u Turga yozning oxiri kuzning boshida qaytadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar