21 fev 14:02
Yangiliklar
Tennis
Federer jarrohlik stoliga yotdi
Tennis afsonasi Rojer Federer o'ng tizzasini operaciya qildirdi.
Bu haqida tennischining o'zi malum qildi.
"Tizzam bilan ancha vaqtdan beri muammo bor edi. Nihoyat, shifokor bilan uchrashdim va u menga jarrohlik stoliga yotishim kerakligini aytdi. Kecha SHveycariyada operaciya qilishdi. SHifokorlar keyinchalik yuz foizga yana avvalgi holatimga qaytishim mumkinligini aytishdi", - dedi Rojer.
Malumot uchun, Federer jarohat tufayli qumli kortlarda bo'lib o'tadigan barcha musobaqalarni o'tkazib yuboradi. Uning reyting ochkolari 40 foizga kamayib, taxminan 4000 atrofida bo'lib qoladi. U maysa qoplamali turnirlardagina safga qaytishi mumkin.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar