03 apr 12:29
Yangiliklar
Tennis

Federer yana birinchi raketkaga aylanishi mumkin, agar...
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer ATP reytingida ikkinchi o'ringa tushib ketdi.
Rafael Nadal yana reyting peshqadamligini qo'lga oldi. Ammo, agar ispaniyalik tennischi yaqinlashib kelayotgan uchta musobaqada bittagina o'yinda ham yutqazib qo'yadigan bo'lsa Federer birinchi o'ringa qaytadi.
Ayni paytda tennischilar o'rtasidagi farq 100 ochkoni tashkil qilmoqda. Tuproqli kortlarda bo'lib o'tadigan bahslarda Nadal Monte-Karloda 1000, Barselonada 500, Madridda esa yana 1000 reyting ochkosini himoya qilishi lozim.
Federer esa "grunt" kortlarda o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etmaydi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar