11 avg 11:30
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2769_220.jpg)
Fergana Cup. O'smirlarimizning ikki nafari chorak finalda
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o'smirlar o'rtasidagi Fergana Cup turniri davom etmoqda.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqaning chorak finaliga hamyurtlarimizdan ikki nafari yo'l oldi. Musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan SHarobiddin Abzalov ikkinchi bosqich uchrashuvida rossiyalik Danil Savelevni 6:2, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Uning chorak finaldagi raqibi turkiyalik Atakan Gezer bo'ladi. Yana bir tennischimiz Azizjon Turg'unov ikkinchi bosqichda qozog'istonlik Rodion Pakdan 6:4, 3:6, 6:2 hisobida ustun keldi. Endi u yarim final chiptasi uchun turnirning sakkizinchi raketkasi rossiyalik Ilgiz Valievga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Бокс
-69 кг. Нимчорак финал
21:00 Шаҳрам Ғиёсов (Ўзбекистон) - Эмантас Станионис (Литва)
-81 кг. нимчорак финал
21:30 Элшод Расулов (Ўзбекистон) - Жошуа Буатси (Буюк Британия)
Эслатиб ўтамиз, кечаги жанглардан сўнг икки нафар боксчимиз – Рустам Тўлаганов (-91 кг.) ва Ҳасанбой Дўсматов (-49 кг.) ярим финалга етиб келган бўлса, Фазлиддин Ғоибназаров (-64 кг.) биринчи саралаш баҳсида конголик рақибини техник нокаутга учратди.