09 avg 15:56
Yangiliklar
Tennis

Fergana Cup. Sakkiz nafar tennischimiz ikkinchi davraga chiqdi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o'smirlar o'rtasidagi Fergana Cup turniri davom etmoqda.
O'smir qizlar o'rtasidagi musobaqaning ikkinchi davrasiga sakkiz nafarn tennischimiz yo'llanmani qo'lga kiritdi. Birinchi bosqichda 17 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan edi.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Kamola Umarova ilk uchrashuvida jamoadoshi Xanifa Hasanovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0, 6:0. Uning chorak final yo'lidagi raqibasi rossiyalik Polina Krupchenko bo'ladi.
SHuningdek, hamyurtlarimizdan ikkinchi davraga Laylo Bahodirova, Yuliya Kim, Fariza Abdullaeva, SHahnoza Xotamova, Yasmina Karimjonova, Gulsina Xallimulina va Elina SHaripovalari yo'l olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar