12 avg 12:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2814_220.jpg)
Fergana Cup. SHarobiddin Abzalov yarim finalda!
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida o'smirlar o'rtasidagi Fergana Cup turniri davom etmoqda.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqaning chorak finaliga hamyurtlarimizdan ikki nafari etib kelgandi. Ulardan faqatgina musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan SHarobiddin Abzalov yarim finalga yo'l oldi. U chorak final uchrashuvida turkiyalik Atakan Gezerni 7:6(2), 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Yana bir tennischimiz Azizjon Turg'unov esa yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda turnirning sakkizinchi raketkasi rossiyalik Ilgiz Valievga 3:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Bugun Abzalov aynan Valievga qarshi final yo'llanmasi uchun kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar