18 iyu 14:27
Yangiliklar
Qilichbozlik

Fernanda Errera Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi
Indoneziyaning Bali shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Ayollar o'rtasida sablya dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi. Sportchimiz final yo'llanmasi uchun kechgan murosasiz bahsda Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori yaponiyalik Misaki Emuraga 13:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qayd etish joiz, qozog'istonlik Aygerim Saribay bilan kechgan chorak final bellashuvida 8:14 hisobi qayd etilayotgan paytda Errera ajoyib kambek amalga oshirib, yakunda 15:14 hisobida g'alabani ilib ketdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar