29 sen 06:59
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/20019_220.jpg)
Fernandesh - Evropa ligasidagi eng tez xet-trik muallifi
“Lokomotiv” (Moskva) yarim himoyachisi Manuel Fernandesh Evropa ligasida o'ziga xos rekord qayd etdi.
Portugaliyalik futbolchi 17 daqiqa ichida “Zlin” jamoasi darvozasini uch bor aniq nishonga oldi. Yarim himoyachi 2-daqiqada penaltini golga aylantirgan bo'lsa, 6-daqiqada Ederning pasini gol bilan yakunladi. 17-daqiqaga kelib esa Miranchuk boshlagan hujumni samarali tugatdi.
SHu tariqa, u turnir tarixida eng tezkor xet-trik muallifiga aylandi. Bungacha eng tezkor xet-trik muallifi sifatida PAOK futbolchisi Stefanos Atanasiadis (28 daqiqa) qayd etilgandi.
Havola :
Fikrlar