05 mar 15:52
Yangiliklar
"Ferrari" 2018 yilda sovrinlardan eng ko'p daromad olgan jamoa, "Mersedes" ikkinchi
Italiya jamoasining moliyaviy holati 205 million dollarga yaxshilandi. Liberty Media rahbariyati o'tgan mavsum uchun “Formula-1” jamoalariga 1,004 mlrd. dollar to'lab bergan. Bu haqda RaceFans xabar bermoqda.
Formula-1 chempionatida qatnashish bo'yicha katta “staj”ga ega bo'lgan Ferrari, Mersedes, Red Bull, Maklaren va Uilyams jamoalari boshqalarga qaraganda ko'proq ulush olishdi. “Qirollik” poygalarida eng uzoq muddat qatnashayotgan Ferrari jamoasi bonus sifatida yana 73 mln dollarga ega bo'ldi.
Mavsum-2018 daromadlari:
1. Ferrari – $ 205 mln
2. Mersedes – $ 177 mln
3. Red Bull – $ 152 mln
4. Maklaren – $ 100 mln
5. Reno – $ 73 mln
6. Xaas – $ 70 mln
7. Uilyams – $ 60 mln
8. Reysing Poynt – $ 59 mln
9. Alfa Romeo – $ 56 mln
10. Toro Rosso – $ 52 mln.
Fikrlar