17 iyu 12:25
Yangiliklar
Formula-1
“Ferrari” Fettelga 120 mln evrolik shartnoma taklif qildi
“Formula-1” musobaqalarida ishtirok etuvchi “Ferrari” jamoasi germaniyalik poygachi Sebastyan Fettelga 3 yillik shartnoma taklif qildi.
“Ferrari” prezidenti Serjio Markionne rasman Fettelga taklif bilan chiqdi. Uch yilga mo'ljallangan shartnomaga ko'ra germaniyalik pilot 120 million evro ishlab oladi.
Fettelning hozirgi shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi. Sebastyan jamoadoshi Kimi Raykkonenning ham qolishini istamoqda. Rahbariyat bu talabni qondirib, finlyandiyalik poygachi bilan 5 mln evrolik bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar