23 iyu 18:29
Yangiliklar
Formula-1
Ferrari sobiq prezidenti ishdan olingan kunining ertasiga komaga tushib qoldi
FIAT-Kraysler koncerni va Ferrari jamoasining sobiq prezidenti Serjio Markonne koma holatiga tushib qoldi, deb xabar bermoqda Gazzetta dello Sport nashri.
Malumotlarga ko'ra, Markonnening ahvoli keskin og'irlashgan. U Cyurix shahridagi kasalxonalarning birida elkasida qilingan operaciyadan so'ng tiklanayotgan edi. Jarrohlik amaliyoti bundan uch hafta avval o'tkazilgan edi.
SHifokorlar tiklanish jarayoni uzoq davom etmasligini aytishgandi. Lekin vaqt o'tishi bilan Serjioning salomatligi yomonlashib bordi va natijada koma holatida reanimaciya, yani jonlantirish bo'limiga joylashtirildi.
Hozircha Markonnening oila azolari va FIAT-Kraysler koncerni bo'lib o'tgan voqeylik yuzasidan hech qanday munosabat bildirmadi. O'tgan juma kuni Markonne aynan sog'lig'i tufayli egallab turgan barcha lavozimlardan rasman ozod etilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar