So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

22 may 15:05
Yangiliklar

Formula-1

"Ferrari" Xemiltonga 50 mln dollarlik shartnoma taklif qilishga tayyor, prezident u bilan "yaqin aloqada"

"Formula-1"ning etti karra chempioni Lyuis Xemilton faoliyatini "Ferrari" jamoasida davom ettirishi mumkin.

Britaniyalik pilotning "Mercedes" bilan shartnomasi 2023 yil oxirida yakuniga etadi.

Daily Mail malumotiga ko'ra, Skuderiya Lyuisga 40 million funtlik (hozirgi kurs bo'yicha taxminan 50 million dollar) shartnoma taklif qilishga tayyor. Muzokaralar yuqori darajada o'tmoqda, "Ferrari" prezidenti Jon Elkann Xemilton bilan "yaqin aloqada" bo'lib turibdi.

Bu masala bilan tanish bo'lgan ko'plab Buyuk Britaniya va Italiya manbalariga ko'ra, "Ferrari" Xemilton ishtirokidagi ikkita variantni jiddiy ko'rib chiqmoqda. Lyuisni keyingi mavsumdan boshlab CHarlz Leklerning yoniga o'tkazish afzalroq variant bo'ladi. Faqat bu holatda jamoani Karlos Sayns tark etishiga to'g'ri keladi.


Ikkinchi variant — Xemilton uchun Leklerdan qutulish. SHunda Lyuis Karlosning sherigi bo'ladi va CHarlz "Mersedes" jamoasiga boradi, u erda esa Jorj Rassell bilan birga musobaqalarda ishtirok etadi.

Britaniya nashrining takidlashicha, pul masalasi Xemilton uchun hal qiluvchi bo'lmaydi, chunki "Mercedes" va "Ferrari" unga teng miqdorda — taxminan 50 million dollar yoki undan ko'proq pul taklif qilishga tayyor.

Bu hafta oxirida bo'lib o'tadigan Monako Gran-prisida "Mersedes"ning yangilanishlari asosiy omil bo'lishi mumkin: agar nemis jamoasi "Red Bull" bilan o'rtadagi farqni yo'qotsa, Xemiltonning Breklida qolish ehtimoli ko'payadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing