So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

11 fev 16:48
Yangiliklar

Ot Sporti

Feruz Abdullaev O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi etib saylandi

Teglar :  Ot sporti
Bugun, 11 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining hududiy bo'limlari vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Sir emaski, so'nggi yillarda mamlakatimizda ot sportiga bo'lgan etibor oshdi. Mazkur yo'nalish bo'yicha "O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori ham imzolangan. SHu sababdan ham chavandozlarimizdan yuqori natijalar kutishga haqlimiz. Bugun o'tkazilgan hisobot-saylov Konferenciyasi kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala federaciyaga yangi rahbar saylashdan iborat edi.

SHu munosabat bilan ushbu lavozimga Abdullaev Feruz Talatovich nomzodi taklif etildi. Ishtirokchilar bir ovozdan ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa, Feruz Abdullaev O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining yangi raisiga aylandi. Malumot uchun, Feruz Abdullaev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkor.

"Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu sport men uchun begona emas. Mamlakatimizda ot sporti so'nggi 5-6 yilda rivojlandi deya olaman. Nasib qilsa, birgalikda harakat qilamiz va mazkur sport turini yanada rivojlantiramiz. Boshqa viloyatlarda ham ot sporti yo'nalishlarini kuchaytiramiz”, - dedi Feruz Abdullaev.

Konferenciya davomida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov so'zga chiqar ekan, O'zbekiston Tokio Olimpiadasida ot sporti bo'yicha ham ishtirok etmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

"Bungacha rahbariyat katta hajmdagi ishni olib borgan. Buni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasida ot sporti bo'yicha ham ishtirok etamiz. Federaciyaning yangi rahbari ham MOQ ijroiya qo'mitasi azoligidan joy oladi. Sport rivoji yo'lida barchamiz bir oila sifatida ish olib boramiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

SHu tariqa, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing