So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

02 jan 16:39
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE 2024 yil hisobidan ilk reytingni elon qildi, Nodirbeklarning biri ko'tarildi

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) 2024 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra dunyo shaxmatchilarining yangi reytingini elon qildi.

Erkak shaxmatchilar reytingini hamon jahon chempioni Magnus Karlsen boshqarmoqda. Norvegiyalik grossmeyster kuni kecha Samarqandda yakunlangan rapid va blic yo'nalishi bo'yicha FIDE jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritib, har ikki yo'nalishda o'z chempionligini himoya qilgandi. Amerikalik grossmeysterlar Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura kuchli uchlikka yakun yasashgan. Karuana ochkolarini 2804 punktga etkazib oldi. O'tgan safargi reytingda bu ko'rsatkich 2794ni tashkil qilgandi.   

Samarqanddagi jahon chempionati natijalariga ko'ra, Top-10`talik reytingda bir nechta o'zgarishlar kuzatildi. Amerikalik Uesli So 8-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Yana bir AQSH vakili Lener Perez Dominges Top-10`talikda debyut qildi. U 8-o'ringa joylashdi. Niderlandiyadik Anish Giri 3 pog'ona pastlab, 10-o'ringa joylashgan bo'lsa, Samarqanddagi jahon chempionatida sharhlovchilik qilgan Vishvanatan Anand (Hindiston) Top-10`dan chiqib ketdi va 11-o'rinni egallab turibdi.  

O'zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga Nodirbek Abdusattorov (2727) ega bo'lib turibdi. Rapid bo'yicha 2021 yilgi jahon chempioni o'tgan safargi o'rnini saqlab qoldi. Abdusattorov 2024 yilgi ilk reytingda 22-pog'onadan joy olgan. Umuman olganda, Top-100`talik reytingda o'tgan safar bo'lgani singari 4 nafar grossmeysterimiz bor. Javohir Sindarov (2701) va birinchi jahon chempionimiz Rustam Qosimjonov (2688) bir pog'onaga pastlagan holda, mos ravishda 36 va 49-o'rinlarni egallab turishibdi. Qatar Masters Chess-2023 g'olibi Nodirbek Yakubboev (2661) esa ikki pog'onaga yuqorilab, 75-o'ringa joylashdi. 


FIDE reytingi (Top-10) 2024 yil 1 yanvar kungi holat:

1 (1). Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)

2 (2). Fabiano Karuana (AQSH, 2804)

3 (3). Hikaru Nakamura (AQSH, 2788)

4 (4). Ding Liren (Xitoy, 2780)

5 (5). Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2769)

6 (6). Alireza Firuzja (Franciya, 2759)

7 (8). Uesli So (AQSH, 2757)

8. Lener Perez Dominges (AQSH, 2752) 

9 (9). Sergey Karyakin (Rossiya, 2750)

10 (7). Anish Giri (Niderlandiya, 2749)


O'zbek shaxmatchilarining reytingdagi o'rni:

22 (22). Nodirbek Abdusattorov (2727)

36 (35). Javohir Sindarov (2701)

49 (48). Rustam Qosimjonov (2688)

75 (77). Nodirbek Yakubboev (2661)

PS: Qavs ichida shaxmatchilarning o'tgan oydagi o'rni ko'rsatilgan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing