14 apr 10:19
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Bosh direktori: "Sindarovning hisob-kitobi Kasparovning eng kuchli davriga teng"
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) Bosh direktori Emil Sutovskiy "Nomzodlar turniri"da muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Javohir Sindarov haqida fikr bildirdi.
"Sindarovning natijalari meni hayratga soldi, biroq uning o'yindan keyingi tahlillari yanada ko'proq lol qoldirdi. Kecha murakkab o'yinda durang qayd etgach, u Peter va Yanning oldiga kirib, o'zi ko'rgan variantlar bilan o'rtoqlashdi. Men guvohi bo'lgan hisob-kitobdagi o'tkirlik va aniqlik haqiqatan ham tengsiz.
Hatto aytishim mumkinki, aynan shu vaziyatda uning mahorati faqat eng kuchli davridagi Kasparov bilan qiyoslanishi mumkin. Sindarov hozircha o'z fikrini so'z bilan tushuntirishda u qadar ravon bo'lmasligi mumkin, biroq sof shaxmat nuqtai nazaridan u ko'rsatgan bilimlar haqiqatan ham hayratlanarli", - dedi Sutovskiy.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar