14 fev 13:30
Yangiliklar
FIDE Freestyle Chess Jahon chempionati. Bugun Abdusattorov final yo'llanmasi uchun Magnus Karlsen bilan o'ynaydi
Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etmoqda.
Kecha musobaqaning saralash bahslari bo'lib o'tdi.
8 nafar shaxmatchi o'zaro o'yinlar o'tkazishdi. 7 ta tur yakuniga ko'ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 4 ochko jamg'arib, kuchli to'rtlikka kirdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Javohir Sindarov esa 3 ochko bilan 7-o'rindan joy oldi.

Endi bugun Abdusattorov yarim finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Vinsent Keymer va Fabiano Karuana o'zaro hisob-kitob qiladi.
Javohir Sindarov o'tish o'yinida qatnashadi. U ishtirokini hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Fikrlar