So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

17 iyu 08:03
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon Kubogi. Abdusattorov 1/32 finalda, yana ikki shaxmatchimiz tay-brekda o'ynaydi

Rossiya Federaciyasining Sochi shahri shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning ayni paytdagi eng kuchli shaxmatchisi Magnus Karlsen ham muvaffaqiyatli dona surayotgan musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. 

Kecha Jahon Kubogining 1/64 final bosqichidan o'rin olgan ikkinchi partiya uchrashuvlari o'tkazildi. Unda yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov kuchli raqiblariga qarshi dona surishdi. 

Quvonarlisi, Nodirbek Abdusattorov hindistonlik grossmeyster Aravindx CHitambaramni 1,5:0,5 hisobida taslim etdi. Kecha u qora donalarda harakat qilganiga qaramay, kuchli raqibini engishga muvaffaq bo'ldi. Endi Abdusattorov franciyalik mashhur grossmeyster Anish Giri bilan to'qnash keladi. Giri rossiyalik Boris Savchenkodan 2:0 hisobida ustun keldi. 

Jahongir Vohidov va Javohir Sindarov esa ikkinchi partiyada ham raqiblari bilan muroasaga kelishdi. Bugun ular hal qiluvchi tay-brekda o'z omadlarini sinab ko'rishadi. 

19 yoshli grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov dunyo tarixidagi ikkinchi yosh grossmeyter, 2015 yilgi FIDE Jahon Kubogi g'olibi, tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempioni (2012 yil), blic bo'yicha jahon chempioni (2016) 2013 va 2019 yillarda jamoaviy jahon chempionatida ikki bor chempionlik tojini kiygan rossiyalik Sergey Karyakinga har ikki partiyada ham yutqazib qo'ydi. Nodirbek Yoqubboev esa chexiyalik nomdor grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.  

FIDE Jahon Kubogi. 1/64 final bosqich. Ikkinchi partiya

Jahongir Vohidov – Lener Perez Dominges (AQSH) – 1:1

Javohir Sindarov – Alireza Firuzja (Franciya) – 1:1

Nodirbek Yoqubboev – David Navara (CHexiya) – 0,5:1,5

Nodirbek Abdusattorov – Aravindx CHitambaram (Hindiston) – 1,5:0,5

SHamsiddin Vohidov – Sergey Karyakin (Rossiya) – 0:2

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing