14 iyu 08:47
Yangiliklar
FIDE Jahon Kubogi. AQSH sharafini himoya qilayotgan Tohirjonova 1/32 finalda!
O'zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo'minovaning kichik singlisi bo'lgan Gulruhbegim umumiy mukofot jamg'armasi 676 250 dollarni tashkil etuvchi hamda dunyoning 103 nafar kuchli shaxmatchilari dona surayotgan musobaqaning 1/64 final bosqichida g'alabaga erishdi.
22 yoshli Tohirjonova argentinalik 36 yoshli Karolina Luanni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va keyingi davraga yo'l oldi. Endi u 1/32 finalda ikkinchi bosqichga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan rossiyalik 23 yoshli shaxmatchi Aleksandra Goryachkinaga qarshi dona suradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasining har ikkala vakilasi Nilufar Yoqubboeva va Umida Omonova birinchi davradayoq ikki partiya yakuniga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, Jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Fikrlar