So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

20 iyu 08:47
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon Kubogi. Cindarov 1/16 finalda! Jahongir va Nodirbek tay-brekda o'ynaydi

Rossiya Federaciyasining Sochi shahri shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Kecha Jahon Kubogining 1/32 final bosqichidan o'rin olgan ikkinchi partiyalar o'tkazildi. Unda yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov nomdor, reytingda o'zlaridan ancha yuqorida turgan grossmeysterlarga qarshi ikkinchi bor dona surishdi. 

Quvonarlisi, Javohir Sindarov perulik Xorxe Korini 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 1/16 final bosqichiga yo'l oldi. Birinchi partiyada durang qayd etilgandi, ikkinchi uchrashuvda Javohir raqibidan ustun keldi. 

Jahongir Vohidov 1/16 final chiptasi uchun kechayotgan ilk bahsda rossiyalik Pavel Ponkratovni mag'lubiyatga uchratgandi. Ikkinchi partiyada esa Ponkratovning qo'li baland keldi - 1:1. Nodirbek Abdusattorov esa turnir favoritlaridan biri franciyalik taniqli grossmeyster Anish Giri bilan ikkinchi partiyada ham durang o'ynadi. Bugun shaxmatchilar o'zaro hal qiluvchi tay-brekda to'qnash kelishadi. 

Javohir Sindarov esa 1/8 final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvlarda polshalik xalqaro grossmeyster Piorun Kasperga qarshi dona suradi. 30 yoshli Kasper 1/32 finalda niderlandiyalik Yorden Van Foristni 1,5:0,5 hisobida engdi.   

FIDE Jahon Kubogi. 1/32 final. Ikkinchi partiya 

Jahongir Vohidov – Pavel Ponkratov (Rossiya) – 1:1

Xorxe Kori (Peru) – Javohir Sindarov – 0,5:1,5

Nodirbek Abdusattorov – Anish Giri (Franciya) – 1:1

Reyting: +4   

Fikrlar

   
20 iyu 18:13:25
лазизбек темиров
Гири мағлуб этилди!
   
20 iyu 16:09:33
лазизбек темиров
Аниш Гири франциялик эмас. НИДЕРЛАНДИЯЛИК !!! Админлар, эътиборли бўлинглар.
   
20 iyu 12:13:43
Iskandar_07
Ofarin dunyodagi eng kuchli 32 ta shaxmatchi orasida bulish
   
20 iyu 11:48:56
NODIR_BEK
Гап йук еш йигитлар. Чемпион б.б кайтинглар
   
20 iyu 09:35:31
Bunyodbek Qalandarov
ukalarimiz yondiryabdi gap yuq xavas qildim
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing