05 avg 11:58
Yangiliklar
FIDE Jahon Kubogi. Finalning ilk partiyalari o'ynaldi + FOTO
Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning eng yosh grossmeysteri bo'lgan rossiyalik Sergey Karyakin polshalik Yan-Kshishtof Duda bilan ilk partiyada durang o'ynadi.
Amaldagi jahon toji sohibi norvegiyalik Magnus Karlsen yarim finalda aynan Dudaga shov-shuvli tarzda imkoniyatni boy bergan edi. Bronza medali uchun kechayotgan bahsda esa Magnus Karlsen yana bir rossiyalik grossmeyster Vladimir Fedoseevni ilk partiyala mag'lubiyatga uchratdi.
Jahon Kubogi. Sochi, Rossiya
Final. Birinchi partiya
Sergey Karyakin (Rossiya) – Yan-Kshishtof Duda (Polsha) – 0,5:0,5
Bronza medali uchun match. Birinchi partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Vladimir Fedoseev (Rossiya) – 1:0
Fikrlar