So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

18 iyu 07:22
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Jahon Kubogi. Jahongir va Javohir nomdor grossmeysterlarni mag'lub etishdi + FOTO

SHu kunlarda Rossiya Federaciyasining Sochi shahri shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Kecha Jahon Kubogining 1/64 final bosqichidan o'rin olgan hal qiluvchi tay-brek partiyalari o'tkazildi. Unda yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov va Javohir Sindarov nomdor, reytingda o'zlaridan ancha yuqorida turgan turnir favoritlarini mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.  

Javohir Sindarov chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri franciyalik Alirizo Firuzjani tay-brekda 3,5:2,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, shov-shuv sababchisiga aylandi. Asli kelib chiqishi eronlik bo'lgan Alirizo 2759, Javohir esa 2558 reyting balliga ega bo'lib turibdi. 

Jahongir Vohidov esa AQSH vakili, o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri 1/64 finaldan boshlagan nomdor grossmeyster Lener Peres Domingesni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va 1/32 final ishtirokchisiga aylandi. Dominges 2758, Jahongir esa 2534 reyting balliga ega.       

SHu tariqa, Jahon Kubogining 1/32 final bosqichiga uch nafar yosh grossmeysterlarimiz yo'l olishdi. Jahongir Vohidov 1/16 final chiptasi uchun rossiyalik Pavel Ponkratovga, Javohir Sindarov perulik Xorxe Koriga, 1/64 finalda hindistonlik grossmeyster Aravindx CHitambaramni 1,5:0,5 hisobida taslim etgan Nodirbek Abdusattorov esa franciyalik taniqli grossmeyster Anish Giriga qarshi dona suradi. 

FIDE Jahon Kubogi. 1/32 final 

Jahongir Vohidov – Pavel Ponkratov (Rossiya) 

Javohir Sindarov – Xorxe Kori (Peru) 

Nodirbek Abdusattorov – Anish Giri (Franciya) 

Reyting: +4   

Fikrlar

   
18 iyu 10:15:18
Aleix Santo
E bosila gazini
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing