02 avg 07:38
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Jahon Kubogida 1/2 finalning ilk partiyalari o'ynaldi + FOTO
Rossiya Federaciyasining Sochi shahri shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogi davom etmoqda.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Kecha yarim finalning dastlabki partiyalari o'tkazilib, uning har ikkisida tomonlar murosa yo'lini tanlashdi.
Amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen oq donalarda harakat qilishiga qaramay, musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylangan polshalik 23 yoshli grossmeyster Yan-Krishtof Duda bilan durang o'ynadi. Rossiyalik grossmeysterlar - Vladimir Fedoseev va Sergey Karyakin partiyasida ham kuchlar teng keldi. Bugun ikkinchi partiya o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik yosh grossmeysterlarimiz Jahon Kubogida umumiy hisobda yaxshi natija qayd etishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar