05 avg 08:52
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Jahon Kubogida sensaciya! Amaldagi toj sohibini final ostonasida mag'lub etishdi
Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon Kubogi o'z yakuniga etib boryapti.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. G'olib yakunda 110 000 dollarga ega bo'ladi. Kutilmagan va shov-shuvli natija musobaqaning yarim finalida qayd etildi. Amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylangan polshalik 23 yoshli grossmeyster Yan-Krishtof Dudaga qo'shimcha tay-brekda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa dunyoning eng yosh grossmeysteri bo'lgan rossiyalik Sergey Karyakin vatandoshi Vladimir Fedoseevni 1,5:0,5 hisobida taslim etdi. Sergey Karyakin va Yan Duda jahon toji uchun, Karlsen hamda Fedoseev bronza medali uchun o'zaro dona surishyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar