27 noy 17:43
Yangiliklar
FIDE Jahon kubogining eng yosh chempioni Javohir Sindorov tantanali kutib olindi + FOTOGALEREYA
Grossmeysterimizni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi Sport vazirligi, MOQ, Yoshlar ishlari agentligi va mamlakat shaxmat federaciyasi rahbariyati, katta sport jamoatchiligi tantanali kutib oldi.
Rasmiylar Javohirning yuksak muvaffaqiyati mamlakatimiz shaxmat maktabining nufuzi va xalqaro maydondagi o'rnini yanada yuksaltirganini takidlab, unga jahon toji uchun kechadigan turnirda ham omad tilashdi.
SHuningdek, Bosh vazir Javohir Sindorovni “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi“ faxriy unvoni bilan taqdirlash haqidagi Prezident Farmonini o'qib eshittirdi. Tadbir davomida shaxmatchimizga Prezident sovg'asi – 3 xonali uy va pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
O'z navbatida, Sindorov kelgusida ushbu natija bilan to'xtab qolmay, yangi marralarni zabt etishga bel bog'laganini takidladi.















Fikrlar