So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

28 dek 10:49
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Magnus Karlsenning ishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Teglar :  Magnus KarlsenFIDE
Jahon shaxmati yulduzi Magnus Karlsenning Nyu-Yorkda davom etayotgan rapid va blic bo'yicha jahon chempionatini tark etgani haqida xabar bergan edik.

Aynan Magnus bu ikki yo'nalish bo'yicha amaldagi jahon chempioni edi. Karlsen Samarqandda o'tgan jahon chempionatida ikkala yo'nalish bo'yicha ham tengsiz bo'lgandi. Kecha tunda o'tkazilgan ikkinchi kungi bahslarda norvegiyalik shaxmatchi dress-kod, yani kiyim bilan bog'liq muammo sabab 9-turga qo'yilmagandi. Bundan jahli chiqqan Magnus bir yo'la jahon chempionatida qatnashmaslikka qaror qildi va Nyu-Yorkni ham tark etdi. 

FIDE Magnus Karlsen bilan bo'lib o'tgan holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

"Rapid va blic bo'yicha jahon chempionatlari uchun FIDE reglamenti, jumladan kiyinish qoidalari, barcha ishtirokchilar o'rtasida professionallik va adolatni taminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Bugun janob Magnus Karlsen uzoq yillik qoidalarga binoan taqiqlangan jinsi shim kiyib, kiyinish qoidalarini buzdi. Bosh hakam Karlsenni bu holatdan xabardor qilib, 200 dollar jarima solgan holda kiyimini almashtirishni so'radi. Afsuski, Karlsen rad javobini bergani uchun u to'qqizinchi turga qo'yilmadi. Ushbu qaror xolisona qabul qilindi va barcha o'yinchilarga birdek tatbiq etiladi.

Avvalroq, yana bir ishtirokchi – janob Yan Nepomnyashiy ham sport poyabzali kiyib, kiyinish qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Biroq u darhol bu qoidalarga bo'ysunib, ruxsat etilgan kiyimga o'tdi va turnirdagi ishtirokini davom ettirdi.

Kiyinish qoidalari FIDE Sportchilar komissiyasi azolari – professional o'yinchilar hamda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan. Bu qoidalar bir necha yillardan buyon amal qilib keladi va barcha ishtirokchilar ularni yaxshi bilishadi. SHuningdek, har bir musobaqa oldidan bu talablar ularga qayta elon qilinadi. FIDE ishtirokchilarning yashash joyi o'yin zalidan uncha uzoq bo'lmagan hududda bo'lishini ham taminlab, qoidalarga rioya qilishni osonlashtirgan.

FIDE shaxmatni va uning qadriyatlarini, xususan, barcha ishtirokchilar qabul qiladigan qoidalarga hurmatni targ'ib qilishga sodiq bo'lib qoladi", - deyiladi rasmiy bayonotda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing