So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

29 noy 16:37
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Teglar :  IlyumjinovSHaxmat
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov Toshkentga tashrif buyurganligi haqida xabar qilgandik.

Bugun u O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi. Bu haqida qo'mita matbuot xizmati xabar qilmoqda. Uning boshchiligidagi delegaciyani MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'zbekiston SHaxmat federaciyasi vice-prezidenti Xusan Turdialiev kutib oldi.

O'zbekistonga uyushtirilgan safari davomida martabali mehmonga Xalqaro shaxmat federaciyasi maslahatchisi Tcukaev Irisxon Rezvanovich hamrohlik qildi.
Mehmonlar dastlab MOQ binosida joylashgan muzeyga tashrif buyurib mustaqillik yillarida o'zbek sportchilari erishgan yutuqlar bilan tanishishdi. Kirsan Ilyumjinov Toshkentga bir necha marotaba tashrif buyurgan bo'lsada, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi yangi binosiga birinchi martta tashrif buyurganini qayd etib, yangi binoda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.

SHundan so'ng MOQ muzokaralar zalida mehmonlar va mezbonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu paytda Ilyumjinov va delegaciyasining qarshisidan MOQ prezidenti Alisher Sultonov, Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov joy oldi.

Uchrashuv davomida Kirsan Ilyumjinov O'zbekistonlik sportchilar xalqaro maydonda bejizga yuqori natijalar ko'rsatmayotgani haqida aytib, buning zamirida katta mehnat va sportchilar uchun yaratilgan sharoit yotganiga urg'u berdi. Mamlakat shaxmatchilarining xalqaro maydondagi obro'si esa kun sayin o'sib borayotgani takidlandi. SHaxmat rivojlanishi O'zbekistonda yildan-yilga o'sib borayotganidan kelib chiqib, endi uni alohida fan sifatida o'rganish vaqti kelgani borasidagi masala ham ko'tarildi. SHuningdek, yuqori martabali mehmon tomonidan shaxmat sport turini maktab, o'rta va oliy talim muassasalarda o'quv dasturiga fan sifatida kiritish, Oliy o'quv yurtlarida SHaxmat kafedralarini ochish takliflari kiritildi. Bu borada xorijiy tajribadan foydalanish ham mumkin. Masalan, o'z vaqtida Janubiy Afrika Respublikasida Nelson Mandella, Moldovada mamlakat prezidenti Igor Dadon bilan hamkorlikda katta hajmdagi ish olib borilgan.

Uchrashuv yakunida Alisher Sultanov mehmonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi. O'z navbatida Kirsan Ilyumjinov samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor etdi. Keyinroq FIDE prezidenti oldindan belgilangan dasturga ko'ra O'zbekiston Xalq talimi vazirligida uchrashuv o'tkazdi va poytaxtdagi bolalar shaxmat festivalining ochilishida ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing