So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

28 dek 13:23
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Rapid va Blic Jahon chempionati. Nodirbekdan keyin Sindarov va Hamdamova ham chempionlik poygasiga qo'shildi + FOTO

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan FIDE Jahon chempionatida bugun Rapid bo'yicha g'olib va sovrindorlar malum bo'ladi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlatidan kelgan 394 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. O'zbekiston terma jamoasi 14 nafar etakchi sportchi bilan bahslarga kirishgan. 

Musobaqaning Rapid bo'yicha ikkinchi kuni ishtirokchilar 4 ta turda o'zaro dona surishdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natijaga Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Afruza Hamdamova va Gulruhbegim Tohirjonova ega bo'lib turibdi.

Xabar berganimizdek, kechagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov 4 ta partiyadan 3 tasida g'alaba va 1 tasida durang natija qayd etdi. 9-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuni chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Nodirbek 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Abdusattorov birinchi kunni 3,5 ochko bilan 55-o'rinda yakunlagan edi. 

Yaqindagina Jahon kubogini qo'lga kiritgan Javohir Sindarov ham peshqadamlar safiga yaqinlashib oldi. U 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 12-o'rinni band etgan. Ettinchi pog'onadagi Maksim Vashe-Lagrav hisobida ham Sindarov singari 6,5 ochko bor. Yana bir grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov 5,5 ochko to'plagan. Nodirbek Yakubboev 5,5 ochko bilan birinchi kungi 173-pog'onasidan roppa-rosa 100 o'rin ko'tarilib oldi - 73!

Ayollar o'rtasidagi rapid bahslarida hamyurtlarimizdan Afruza Hamdamova va Gulruhbegim Tohirjonova muvaffaqiyatli odimlamoqda. Har ikki shaxmatchimiz kecha o'tkazilgan so'nggi 8-turda jahon chempionlarini mag'lubiyatga uchrata oldi. Hamdamova qora donalarda o'ynaganiga qaramay, blic bo'yicha ikki karra jaho chempioni, rossiyalik Valentina Guninani, Tohirjonova oq donalarda gruziyalik jahon chempioni Bella Xotenashvilini taslim etdi. 

Bugun o'tkaziladigan rapid bahslarining so'nggi kuni oldidan Afruza Hamdamova 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 12-o'rindan joy olgan. Uchinchi o'rindagi Aleksandra Goryachkina hisobida ham 6 ochko bor. Vakilamiz birinchi kungi bahslardan so'ng 22-pog'onada borayotgandi. Gulruhbegim Toxirjonova birinchi kun 2 ochko bilan 56-pog'onaga joylashgandi. Kecha 3 g'alaba va 1 durang qayd etgan grossmeysterimiz 5,5 ochko bilan 18-o'ringa ko'tarilib oldi. 

O'zbekiston shaxmatchilarining Rapid bo'yicha ikkinchi kun natijalari:

Erkaklar:

1. Nodirbek Abdusattorov – 7 ochko, 6-o'rin

2. Javohir Sindarov – 6,5 ochko, 12-o'rin

3. Muhiddin Madaminov – 5,5 ochko, 45-o'rin

4. Nodirbek Yakubboev – 5,5 ochko, 73-o'rin

5. Humoyun Begmuratov – 4,5 ochko, 130-o'rin

6. SHamsiddin Vohidov – 4,5 ochko, 137-o'rin

7. Jahongir Vohidov – 4 ochko, 152-o'rin

8. Muhammadzohid Suyarov – 4 ochko, 180-o'rin


Ayollar:

1. Afruza Hamdamova – 6 ochko, 12-o'rin

2. Gulruhbegim Toxirjonova – 5,5 ochko, 18-o'rin

3. Umida Omonova – 4,5 ochko, 61-o'rin

4. Guldona Karimova – 3,5 ochko, 85-o'rin

5. Madinabonu Xalilova – 3,5 ochko, 98-o'rin

6. Nilufar Yakubbaeva – 3 ochko, 111-o'rin

So'nggi kun bellashuvlari oldidan FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan va Magnus Karlsenga hozircha yagona mag'lubiyatni taqdim etgan rossiyalik Vladislav Artamev 7,5 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. AQSH vakili Xans Niemann hisobida ham 7,5 ochko bor. Karlsen 7 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. To'rtichi va beshinchi o'rindagi Aleksey Sarana hamda turkiyalik Yagiz Erdogmus hisobida ham 7 ochkodan bor. 

Bugun 10-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda 14 yoshli turkiyalik grossmeyster Yagiz Erdogmusga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov qora donalarda rossiyalik Aleksandr SHimanov bilan hisob-kitob qiladi. Ikki peshqadam esa o'zaro dona surishadi. 

Ayollar o'rtasidagi 9-turda Afruza Hamdamova ikkinchi doskada oq donalarda o'zi singari 6 ochkoga ega bo'lib turgan rossiyalik Aleksandra Goryachkina bilan to'qnash keladi. Gulruhegim Tohirjonova qora donalarda ukrainalik Anna Muzichukka qarshi o'ynaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing