01 apr 15:59
Yangiliklar

FIDE reytingi yangilandi, Abdusattorov kuchlilar qatorida, TOP-100'da 5 nafar hamyurtimiz bor
Yangilangan reytingda dunyo shaxmatchilarining Top-100`tagidan 5 nafar grossmeysterimiz joy olgan. Birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2773) 6-o'rinni egallab turibdi. Norvegiyalik Magnus Karlsen (2837) reyting peshqadamligini saqlab qoldi. Amerikalik Hikaru Nakamura (2804) ikki, hindistonlik Gukesh Dommaraju esa (2787) uchinchi o'rinni band etgan.
Top-100`talik reytingga jami 5 nafar grossmeysterimiz kiritilgan. Javohir Sindarov (2706) 30-o'rin, Jahon chempioni Rustam Qosimjonov (2678) 46, Nodirbek Yakubboev (2665) 61, SHamsiddin Vohidov (2648) esa 81-o'rindan joy olgan.
Yangilangan FIDE reytingi (Top-10), 1 aprel holati:
1. Magnus Karlsen (Norvegiya, 2837)
2. Hikaru Nakamura (AQSH, 2804)
3. Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2787)
4. Arjun Erigaisi (Hindiston, 2782)
5. Fabiano Karuana (AQSH, 2776)
6. Nodirbek ABDUSATTOROV (O'zbekiston, 2773)
7. Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston, 2758)
8. Yi Vey (Xitoy, 2758)
9. Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2757)
10. Alireza Firuzja (Franciya, 2757).
***
30. Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2706)
46. Rustam Qosimjonov (O'zbekiston, 2678)
61. Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2665)
81. SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston, 2648).
Fikrlar