16 okt 07:52
Yangiliklar
SHaxmat

FIDE va Norway Chess yangi jahon chempionati haqida anons qildi
FIDE yangi jahon chempionati o'tkazilishini tasdiqladi.
Tashkilotchi — Norway Chess bo'ladi.
Turnir Total Chess World Championship Tour deb nomlanadi va dunyo bo'ylab turli shaharlardagi to'rtta bosqichdan iborat bo'ladi.
G'oliblar klassik shaxmat, blic va rapid bo'yicha aniqlanadi, umumiy natijalar bo'yicha eng yaxshi o'yinchi FIDEning umumiy hisobdagi jahon chempioni deb topiladi.
Yillik jami mukofot jamg'armasi — $2,7 mln: ilk uch bosqichda 750 ming dollardan, finalda esa 450 ming dollar taqdim etiladi.
Sinov tariqasidagi ilk bosqich 2026 yil kuziga rejalashtirilgan, to'liq chempionat esa 2027 yilda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Norway Chess
Fikrlar