04 dek 07:22
Yangiliklar
FIDE yangi reytingni elon qildi, Top-100`talikda 4 grossmeysterimiz bor!
Erkak shaxmatchilar reytingini hamon norvegiyalik jahon chempioni Magnus Karlsen boshqarmoqda. Amerikalik grossmeysterlar Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura kuchli uchlikka yakun yasashgan. Karlsen ham rapid, ham blic bo'yicha amaldagi jahon chempioni hisoblanadi va u 25-31 dekabr kunlari Samarqandda o'tkaziladigan jahon chempionatida o'z unvonlarini himoya qiladi.
O'zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga Nodirbek Abdusattorov (2727) ega bo'lib turibdi. Rapid bo'yicha 2021 yilgi jahon chempioni 22-o'rinni band etgan. Umuman olganda, Top-100`talik reytingda 4 nafar grossmeysterimiz joy olgan. Javohir Sindarov (2701) 35, birinchi jahon chempionimiz Rustam Qosimjonov (2684) 48, Qatar Masters Chess-2023 g'olibi Nodirbek Yakubboev (2661) esa 77-pog'onani egallagan.
FIDE reytingi (Top-10):
1. Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)
2. Fabiano Karuana (AQSH, 2794)
3. Hikaru Nakamura (AQSH, 2788)
4. Ding Liren (Xitoy, 2780)
5. Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2771)
6. Alireza Firuzja (Franciya, 2763)
7. Anish Giri (Niderlandiya, 2754)
8. Uesli So (AQSH, 2752)
9. Sergey Karyakin (Rossiya, 2750)
10. Vishvanatan Anand (Hindiston, 2748)
O'zbek shaxmatchilarining reytingdagi o'rni:
22. Nodirbek Abdusattorov (2727)
35. Javohir Sindarov (2701)
48. Rustam Qosimjonov (2684)
77. Nodirbek Yakubboev (2661)
Fikrlar