24 okt 11:18
Yangiliklar
Futbol
FIFA "Bunyodkor"ning etirozini rad etdi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi Dostonbek Hamdamovning "Anji"ga transferi borasida FIFAga ariza yozgan edi.
Ammo tashkilot bu etirozni rad etdi. Bu haqda SILA yuridik agentligi xabar berdi.
"Anji" "Bunyodkor"ga Hamdamovning shartnomasida tovon puli sifatida yozilgan 300 ming evroni to'lagan. "Bunyodkor" rahbariyati esa "Anji" ko'proq pul to'lashi kerak deb hisoblab FIFAga murojaat qilgandi. Ammo yakunda ariza rad qilingan", - deb yozadi Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida.
Eslatib o'tamiz, Hamdamov 2018 yil boshida "Bunyodkor"dan "Anji"ga ko'chib o'tgan edi. Bir yil davomida ushbu klub safida 11ta o'yinda maydonga tushdi. SHu yil boshida u "Paxtakor" bilan shartnoma tuzdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar