02 noy 19:20
Yangiliklar
Futbol

FIFA Eron terma jamoasi etakchilari Azmun va Xojsafini diskvalifikaciya qildi
FIFA Eron terma jamoasining ikki futbolchisi va bir murabbiyini diskvalifikaciya qildi.
Bu haqda teammelli.com sayti xabar tarqatdi. JCH-2018 saralashi doirasidagi Qatar - Eron uchrashuvida Rizo G'uchannajod urgan goldan so'ng eronliklar yordamchi murabbiyi Javod Nekunam maydonga tushib golni nishonlagan.
Buning natijasida futbolchilar orasida janjal kelib chiqqan. Unda Sardor Azmun va Ehson Xojsafi “faol” ishtirok etishgandi. SHu bois FIFA ikkala futbolchini bitta o'yinga diskvalifikaciya qildi.
Ular 15 noyabr kuni Suriyaga qarshi bahsda terma jamoaga yordam bera olmaydi. Nekunamning harakati yoshlar uchun yomon o'rnak bo'lishi mumkinligi tufayli murabbiy 3ta o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tirmaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar