So’nggi yangiliklar

08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0

27 sen 09:55
Yangiliklar

Futbol

Eldor SHomurodov Eronni yutish siri haqida gapirdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Eron bilan o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

"Har xil vaziyat bo'ladi, kelishda biroz fors-major holatiga duch keldik. Birinchi kun tiklanish mashg'ulotlari olib borildi", — deydi Eldor SHomurodov.

— Forslarga qarshi o'yin haqida...

— Eron bilan o'yin yaxshi o'tdi, g'alabadan keyin kayfiyat yuqori. Stadionda ajoyib muhit yaratgan muxlislarga rahmat. Hisob har doim turlicha ko'rinish oladi, muhimi g'alaba. Hisobni farqi yo'q.

— Yangi taktikaga o'tishda qiyinchilik bo'lmayaptimi?
— 4-3-3 sxemasiga o'tishda muammo yo'q. Bizda yaxshi darajadagi aqlli futbolchilar bor. Eronni yutishning siri oxirgi yillarda ko'p to'qnash kelayotganimizda. Qolaversa, bizda ham yaxshi yosh futbolchilar etishib chiqmoqda. Terma jamoamiz o'syapti.


— Terma jamoaga jalb qilingan yosh futbolchilar haqida...
— Yaxshi qarshi oldik, ular ham mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatmoqda. Murabbiy ularni shunchaki chaqirmagan.


— "Oltin to'p" uchun qaysi futbolchilar munosib?
— To'g'risi, bilmadim.


— Osiyo Kubogiga qadar jamoani shakllantirib olish uchun vaqt etarlimi?
— Yaxshi jamoa shakllantirish uchun vaqt doim kamlik qiladi. Eng yaxshi tayyorgarlik bilan borishga harakat qilamiz.


— Har o'yinda gol urishingiz omadmi yoki mehnat mahsulimi?
— Omad mehnat qilganlarga kulib boqadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing