08 sen 11:05
Yangiliklar

FIFA Jaka, SHakiri va Bexramiga Kosovo uchun o'ynashga ruxsat bermadi
Kuni kecha Kosovo terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi doirasida tarixiy natijaga erishdi. FIFAning yangi azosi bo'lgan ushbu mitti mamlakat terma jamoasi JCH-2018 saralashining ilk turini safarda Finlyandiyaga qarshi o'tkazib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Ushbu uchrashuv Kosovo uchun ilk rasmiy o'yin edi. O'yin boshlanishiga bir necha soat qolgan bir paytda FIFA bungacha boshqa mamlakat terma jamoalarida o'ynagan 6 nafar futbolchiga Kosovo sharafini himoya qilishga ruxsat berdi. Ular orasida avval Norvegiya terma jamoasi safida to'p tepagan Valon Berishi ham bor.
Lekin FIFA aynan Kosovo hududida tug'ilgan Valon Bexrami, Granit Jaka va Jerdan SHakirilarga o'z ona mamlakatlari libosini kiyishga ruxsat bermadi. Bu uch futbolchi SHveycariya terma jamoasi safida Evro-2016 bahslarida ishtirok etgandi. FIFA 13 may kunidan keyin boshqa terma jamoalarda o'ynagan futbolchilarga Kosovo safida maydonga tushishga ruxsat bermadi. Aynan 13 may kuni Kosovo FIFAga qabul qilingandi.
Fikrlar