25 mar 11:08
Yangiliklar
Futbol

FIFA koronavirus sabab yozgi transfer oynasini yanvargacha uzaytirishi mumkin
FIFA bo'lajak yozgi transfer oynasi detallarini muhokama qilmoqda.
"The Telegraph" nashrining malum qilishicha, tashkilot yozgi transfer oynasini yanvar oyigacha yopmasligi mumkin. Bunga sabab - klublar koronavirus sabab musobaqalar to'xtab qolganidan so'ng moliyaviy tomonlama o'nglanib olishlari zarur. FIFA vakillari ushbu savolni klublar bilan muhokama qilmoqda. Ayrimlar bu taklifni qo'llab-quvvatlashmoqda.
Kutilishicha, klublarning xarajatlari pandemiya sabab qisqaradi. Ular nisbatan kamroq pul sarflashi va Jeydon Sancho kabi yirik transferlarga qo'l urmasliklari kutilmoqda.
Havola :
Fikrlar