20 sen 16:06
Yangiliklar
Futbol

FIFA Simonenko tufayli "Bunyodkor"ni 6 ochkodan mahrum qilishi mumkin
Xabaringiz bor, 2014 yil "Bunyodkor" safida ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko to'p tepgandi.
Ukrainalik futbolchining maosh borasidagi davosi ijobiy hal bo'lmaganligi uchun FIFA "Bunyodkor" jamoasidan 6 ochkoni olib tashlash bo'yicha qaror chiqargan.
Agar qarz o'z vaqtida uzilmasa, "Bunyodkor" ham xuddi "SHo'rtan" kabi quyi ligaga ravona bo'lishi mumkin. Simonenko "Bunyodkor" u bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng tovon puli so'rab FIFAga murojaat qilgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar