16 noy 09:37
Yangiliklar
Futbol
FIFA sobiq vice-prezidenti JCH-2022 mezbonligi uchun Qatardan 80 mln dollar pora so'ragan
FIFA tashkilotida korrupciya bo'yicha guvohlardan biri Alexandro Burcako Nyu-York sudida chiqish qildi.
Uning aytishicha, FIFA sobiq vice-prezidenti Xulio Grondona Qatardan 80 million dollar so'ragan va evaziga JCH-2022 mezbonlarini aniqlash vaqtida arab davlatiga ovoz bergan.
Grondona qatarliklar kerakli pulni to'lashmaganidan darg'azab bo'lgan va buning natijasida guvoh bundan xabar topgan. 82 yoshli Grondona 2014 yilning yozida yurak xuruji tufayli vafot etgandi.
Bursako – sobiq bosh menejeri va Argentinadagi Torneos Competencias sport marketing kompaniyasi raisi edi. 2015 yilda u o'zini "pul yuvish"dagi ayblarini tan olgan. Bursako jarima sifatida 21,6 mln dollar to'lashga roziligini aytgan.
Havola :
Fikrlar