16 noy 07:32
Yangiliklar

Finlyandiya o'z tarixida ilk marta Evropa chempionatiga yo'l oldi+FOTO
Xelsinkidagi “Telia 5G-Arena» stadionida kechgan bahsda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Franciyalik Benua Basten boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgan bellashuvning 21-daqiqasi Yasse Tuominen hisobni ochgan bo'lsa, ikinchi bo'limda Teemu Pukki “dubl”ga erishib, finlyandiyalik muxlislarga tarixiy g'alabani tuhfa etdi.
Ushbu g'alabadan keyin finlar muddatidan ilgari Evropa chempionatiga yo'llanmani naqd qilishdi. Skanidinaviyalik futbolchilar o'z tarixlarida ilk marta qita birinchiligida ishtirok etadigan bo'lishdi.
Finlyandiya – Lixtenshteyn 3:0
Gollar: 1:0 – 21 Tuominen, 2:0 – 64, penalti Pukki, 3:0 – 75 Pukki.
Finlyandiya – Gradecki, Arayuuri, Raytala, Toyvio, Kamara, Pirinen, Lod, Sparv (Kauko, 71), Soyri (Skrabb, 78), Pukki (Karyalaynen, 84), Tuominen.
Lixtenshteyn – Byuxel, Malin, Geppel, Rexshtayner, Xasler, Polverino (Gubser, 73), Brendle, Salanovich, Mayer (Zele, 90), Byuxel, Frik (Kardeshoglu, 84).
Fikrlar