24 avg 12:23
Yangiliklar
Futbol

"Fiorentina" "Arsenal" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Fiorentina" xavbek Lukas Torreyra masalasida Londonning "Arsenal" klubi bilan kelishuvga erishishga yaqin.
Manbaga ko'ra, "siyohranglilar" urugvaylik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi.
O'yinchi A Seriyaga qaytmoqchi, shu bois u "Ayntraxt" bilan muzokaralarni to'xtatdi.
Oldinroq Torreyra Italiya chempionatida — "Peskara" (2014/16) va "Sampdoriya" (2018 yil)da o'ynagan.
Urugvaylikning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar