So’nggi yangiliklar

21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

03 iyu 14:52
Yangiliklar

Futbol

Modrich Portugaliyaning penaltisi haqida keskin fikr bildirdi

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2026`da Portugaliyadan qabul qilingan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng VAR tizimi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ikkinchi bo'limda Xorvatiya 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Uchrashuvning 64-daqiqasida Nikola Vlashichning Renatu Veygaga ishlatgan qo'polligi uchun VAR tekshiruvidan so'ng xorvatlar darvozasiga penalti belgilandi. Krishtianu Ronaldu 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.

"Xorvatiya bundan ancha ko'prog'iga loyiq edi. Ayrim vaziyatlar bizning zararimizga ishladi.

O'sha penalti... Men VAR haqida u ilk bor joriy etilgan boshlang'ich davridayoq aytgandim – u menga yoqmasligini bildirgandim. Vaqt o'tishi bilan bu vosita bazi vaziyatlarda foydali bo'ldi, ammo undan noto'g'ri, tanlab yoki jamoaning nufuziga qarab foydalanishmoqda.

VAR faqatgina 100 emas, 200 foizlik xato bo'lgandagina aralashishi lozim. Agar unday bo'lmasa, vaziyat mavhum bo'lsa, unda aralashishdan mano yo'q. VARga murojaat qilishga ehtiyoj mavjud emas edi. Bu penalti emas. Futbolchilar o'zaro kurashishdi, bir-birlarini turtishdi. Vlashich raqibni tortgani yo'q, ularning ikkalasi ham yiqildi.

Mana shuning uchun ham bunday o'yinda penalti belgilash mumkin emas. SHu sababli aytyapmanki, penalti faqat yuz foizlik xato holatidagina qo'yilishi kerak. Bu meni g'azablantiradi, futbolga zarar keltiradi. Nima ham qilardik, bo'lar ish bo'ldi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz.

Nolimoqchi emasmiz, lekin, albatta, ayrim narsalar meni bezovta qiladi, chunki bu erda taqdir hal bo'lmoqda. Bu sen qilayotgan, voz kechayotgan, o'zingni qiynayotgan va kurashayotgan barcha narsang uchun kayfiyatni belgilab beradi.

Bu haqda boshqa gapirmayman. Ayniqsa ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz, qanday kurashganimiz va Xorvatiyani qanday namoyish etganimiz bilan faxrlansak arziydi.

Bu butun dunyo taniydigan, hurmat qiladigan va yaxshi ko'radigan o'sha Xorvatiyadir. Oldinga intilishda davom etamiz", – deya bayonot berdi Luka Modrich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing