22 apr 10:25
Yangiliklar
Futbol

Florentino Peres: "Yuventus" va "Milan" Superligadan chiqmadi. "Barselona" esa o'ylamoqda"
"Real" prezidenti Florentino Peresning aytishicha, Superliganing kelajagi bor.
"Angliyada 6 ta klub pul yo'qotib, 14 tasi pul ishlab olishi mumkin emas. Ispaniyada uch etakchi klub zarar ko'rib, qolganlar olishi ham. Bu hol davom etmasligi kerak. Hozir aynan boy klublar pul yo'qotishmoqda.
"Yuventus" va "Milan" loyihadan chiqib ketgani yo'q. "Barsa" esa o'ylamoqda. Balki, nimanidir o'zgartirarmiz: APLning to'rtta, La Liganing to'rttadan top klublari kirar. Asosiysi, katta jamoalar bir-birlari bilan o'ynashlaridir. Bolalar esa futbol tomosha qilishadi.
Futbol katta klublarga tayanadi. Doim shunday bo'lgan. Ronaldu va Messi qarama-qarshiligi nafaqat "Real" va "Barselona", balki butun bir ispan futboli, umuman, futbol uchun katta o'rin tutgan", - dedi Peres.
Havola :
Manba : El Chiringuito
Fikrlar