25 mar 12:16
Yangiliklar
Futbol
Vinisius "Real"da qoladimi?
"Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa yulduzi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish masalasini o'z nazoratiga oldi.
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Peres bir necha oydan beri braziliyalik vinger bilan kelishuvni yangilash ustida shaxsan ishlamoqda. Prezident Vinisiusning imkon qadar tezroq yangi shartnomaga qo'l qo'yishini istamoqda, biroq yakuniy qaror futbolchining o'zida qoladi.
25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Vinisius "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ko'ramiz, Peres o'z niyatiga etib, braziliyalik yulduzni "Santyago Bernabeu"da olib qola bilarmikan?

Havola :
Fikrlar