30 jan 07:58
Yangiliklar
Tennis

Floridadagi turnirga qura tashlandi, Ismoilovning raqibi malum
Tajribali tennischimiz Temur Ismoilov bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi AQSHdagi turnirda ishtirok etadi.
Florida shtatining Palm Kost shahrida o'tayotgan musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Ismoilov to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan bahslarga kirishadi.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz birinchi bosqichda
gollandiyalik Tim Van Riytxovenga qarshi kortga chiqadi. Ismoilov reytingda raqibiga
nisbatan deyarli 500 pog'ona yuqorida joylashgan. Temur juftlik bahslarida qatnashmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar