09 jan 07:57
Yangiliklar
Tennis

Floridadagi turnirga qura tashlandi, Niginaning raqibasi malum
Xabar berganimizdek, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova yangi mavsumdagi ilk ishtirokini okean ortida boshlaydi.
Hamyurtimiz AQSHning Florida shtati Daytona Bich shahrida start olgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Bugun tong saharda ushbu turnirning asosiy to'r bahslariga qura tashlandi. Abduraimovaga ilk davradayoq jiddiy raqib tushdi. Hamyurtimiz musobaqaning ikkinchi raketkasi norvegiyalik Ulrikke Elkeriga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, 25 yoshli Elkeri dunyo reytingida 218,
23 yoshli Abduraimova esa 320-o'rinni egallab turibdi. Xitoy Taypeyi vakilasi
CHin-Ven Xsu bilan tandem hosil qilgan Nigina juftliklar musobaqasida ham
ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar