10 jan 16:30
Yangiliklar
Tennis
Fomin Bxopal turnirining chorak finalida reytingda o'zidan 200 pog'ona pastdagi 19 yoshli tennischiga yutqazdi
Malum qilganimizdek, shu kunlarda Hindistonning Bxopal shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bugun chorak final doirasida neytral maqomdagi 19 yoshli tennischi Maksim Jukovga qarshi kortga chiqdi.
1 soat, 26 daqiqa davom etgan o'yinda Jukov 2:0 (6/3, 6/4) hisobida zafar quchdi.
Bu ikki sportchining o'zaro beshinchi o'yini edi. Bu o'yindan keyin Jukovning g'alabalari soni 3 taga etdi, qolgan ikki o'yinda esa g'alaba Fominga nasib qilgan.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 574, Maksim Jukov esa 793-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar